Toshkentda Spark'ni quvgan YPX mashinasi Gentra bilan to‘qnashdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Yo‘l-patrul xizmati mashinasi Spark'ni quvib ketayotgan vaqtda Gentra'ni urib, ag‘darib yuborgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi

Qayd etilishicha, joriy yilning 4 mart kuni soat 23:00 larda Yakkasaroy tumanida xizmat olib borayotgan YHXB YPX inspektori A.R. Spark rusumli avtomobil haydovchisiga xushtak va jezl orqali “to‘xtash” ishorasini bergan. Biroq Spark haydovchisi YPX inspektorining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay harakatni davom ettirib, yo‘l harakati qoidalarini buzgan. Jumladan tezlikni belgilangan me’yordan oshirib, svetoforning qizil chirog‘iga  rioya etmagan.

YPX inspektori o‘ziga biriktirilgan Lacetti rusumli, xizmat mashinasida Spark'ni kuzatib borayotgan vaqtida, 1995 yilda tug‘ilgan M.M. boshqaruvidagi Gentra bilan to‘qnashgan. YTX oqibatida Gentra'ning yo‘lovchisi 1997 yilda tug‘ilgan F.A. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rahbariyati nazorati ostida tekshiruv o‘tkazilmoqda. Shu bilan birga, Spark'ning haydovchisi qayerda ekanini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

891

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing