Toshkentda Spark haydovchisi bilan kanalga tushib ketdi

3-sahifa

image

Kecha, 22 sentyabr kuni Toshkent viloyatida Spark kanalga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 20:40 atrofida Spark rusumli avtomashina harakatlanib ketayotgan vaqtda haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, “M.Ulug‘bek” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Zax kanaliga tushib ketganligi bo‘yicha FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, hamkorlikdagi xizmatlar bilan maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olindi. Avtomobilda haydovchining o‘zi bo‘lgan. Haydovchi avtomobil suvga tushgan vaqtda o‘z harakatlari bilan quruqlikka chiqib olgan.

“Hodisa oqibatida vafot etgan va tan jarohati olganlar yo‘q”, deyiladi xabar so‘ngida. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda avtomobil yo‘lovchilari bilan kanalga cho‘kib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent kanal Spark

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing