Toshkentda sotuvchiga tazyiq o‘tkazgan ayollarga jinoiy ish ochildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahridagi “Bek-baraka” bozorida sotuvchiga tazyiq o‘tkazib, undan kunlik pul talab qilgan ayollarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respulikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur  jinoyatni sodir etgan shaxslar 40 yoshli I.N. va 32 yoshli Yu.N ismli fuqarolar bo‘lgan.

Ular joriy yilning 6 aprel kuni soat 5:10 larda “Bek-baraka” nomli savdo majmuasida 43 yoshli B.S.ni kiyim-kechak ulgurji savdosi bilan shug‘ullanayotgan vaqtida unga tegishli qo‘lbola usulda yasalgan savdo rastalarini uloqtirib, turli xil ayollar-kiyim-kechaklarini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilgan.    

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, I.N. va Yu.N.  ham “Bek-baraka” bozorida savdo ishlari bilan shug‘ullanishlari aniqlangan. B.S.ni savdo qilayotgan joyi ularga “tegishli” ekani, undan savdo joyi uchun kunlik pul berishini talab qilib, savdo qilishiga muntazam ravishda to‘sqinlik qilganliklari ma’lum bo‘lgan.  

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan I.N. va Yu.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi doirasida jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanib, uni qoplash choralari ko‘rilishi ma’lm qilindi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

267

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing