Toshkentda sotuvchiga pichoq tirab, do‘konni o‘marmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi (video)
3-sahifa
−
27 fevral 2023
10758Toshkent shahridagi “Eski Juva” (“Chorsu”) bozori yaqinida niqob kiyib, qo‘lida pichoq olgan ikki yigit do‘konlardan birida o‘g‘rilik sodir qilmoqchi bo‘ldi. Bu haqda poytaxtning Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, qurollangan yigitlar sotuvchini pichoq bilan qo‘rqitayotgan paytda do‘konga boshqa bir xaridor kelib qolgan. Shu bois yigitlar niyatiga yeta olmay, voqea joyidan qochib qolgan.
Do‘kondagi videokuzatuv kameralari yordamida gumonlanuvchilar qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, ulardan biri poytaxtdagi OTMda o‘qiyotgan 1-bosqich talabasi bo‘lgan. Ularning aytishicha, pul zarurligi uchun o‘g‘rilik qilishga majbur bo‘lgan.
“Chorsu” bozori yonida uchrashdik. Biz niqoblar, pichoqlar va qo‘lqoplar sotib oldik. Keyin do‘konga bordik”, deydi ulardan biri.
Qo‘lga olinganlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Unga ko‘ra, ular 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
LiveBarchasi