Toshkentda soxta “Nikolay” tangalarini $6 000 ga pullayotgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
21 aprel 2022
8296Toshkentda “Nikolay-5” tilla tangasining soxta nusxalarini sotayotgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi hamda Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Aniqlanishicha, fuqaro A.K. boshqa bir fuqaro M.ni qadimiy tilla tangalarni o‘tkazish orqali daromad orttirishga qiziqtirib, tilla rang ko‘rinishidagi 20 dona tangalarni “Nikolay-5” tilla tangasi deb har birini 300 AQSH dollaridan hisoblab, jami 6 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi