Toshkentda sintetik narkotik tayyorlanadigan laboratoriya aniqlandi

3-sahifa

image

Joriy yilning 8 sentyabr kuni tunda Toshkent shahar IIBBga Mirobod tumanidagi xonadonlardan birida sintetik narkotik vositalari tayyorlanayotgani haqida xabar kelib tushgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Mirobod tumanidagi xonadonlarning birida “Tezlik” nomi ostida sintetik modda ishlab chiqarish va tarqatishni yo‘lga qo‘ygan 18 yoshli Timur ushlangan.

Timurning aytishicha, u xonadonni 2 oy oldin 400 dollarga ijaraga olgan va bu yerda Qozog‘istondan keltirilgan eritmalarni qaynatib, sovutgan. Keyin ularni turli idishlarga solib boshqa belgilangan joylarga olib borib yashirgan. Ularni tegishli odamlar olib ketgan.

Yigit buyurtmachilar bilan Telegram orqali muloqot qilgan. 2 oy davomida taxminan 7 litr xomashyodan sintektik narkotik vositalari tayyorlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

530

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing