Toshkentda sigir sabab nogiron erkak pichoqlab o‘ldirildi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida erkak sigir sabab o‘z tanishini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Unda aytilishicha, holat 22 may kuni sodir bo‘lgan. Yuqori Chirchiq tumani “Istiqlol” MFYda yashovchi 2-guruh nogironi bo‘lgan erkakni boshqa bir mahallada yashovchi fuqaro pichoqlab o‘ldirgan. Jinoyatni sodir etgan erkak 1990 yilda tug‘ilgan bo‘lib, marhum bilan qo‘shni mahallada yashagan.

Hodisaga guvoh bo‘lgan marhumning qizi voqea sabablarini aytib berdi. Unga ko‘ra, holatga sigir sabab bo‘lgan. Marhumning sigiri yechilib ketib, uni olib kelish uchun qizini chaqirgan. Keyin gumonlanuvchi kelib, sigir masjidniki ekanligi, uni o‘g‘irlashganini aytgan. Oqibatda tortishuv sodir bo‘lgan.

“Uni haydadim, keting, dedim. Pichoq tiqqanidan keyin yugurib kelib 102 ga telefon qildim. Qaytsam, dadam yerda qonga belanib yotgan ekan. Akamga ham pichoq tiradi u kishi”, deydi marhumning qizi.

Hozirda holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing