Toshkentda shaharlararo avtobuslar harakati vaqtinchalik bekor qilindi

Jamiyat

image

2022 yilning 5 dekabr sanasidan Toshkent avtovokzalidan amalga oshiriladigan barcha shaharlararo avtobuslar harakati vaqtinchalik bekor qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bunday qaror mamlakatda kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti, yo‘llarda yuzaga kelgan muzlamalar sababli yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

“Yo‘nalishlarda qatnovlarning qayta tiklanishi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deb qayd etilgan xabarda.

Avvalroq bugun, 5 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan ertalab soat 4:20 dan ob-havo sharoiti yomonlashgani sababli Samarqand xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilish va jo‘natish uchun vaqtinchalik cheklov joriy etilgani haqida xabar berilgan edi.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

101

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing