Toshkentda salkam 300 ta xonadon gazdan uziladi
Jamiyat
−
16 yanvar 2021
8541Toshkent shahri Sergeli tumanidagi “Qum ariq” mahalasidagi 298 ta xonadon tabiiy gazdan uziladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumotga ko‘ra, 2021 yil 18 yanvar (dushanba) kuni soat 11:00 va 16:00 oralig‘ida “Sergelitumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan tumandagi “Qum ariq” MFY kirish ko‘chalaridagi elektr gaz hisoblagich uskunalarini Davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish ishlari olib boriladi.
Shu sababli, “Qum ariq” MFYdagi 298 ta yerli aholi xonadonlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
LiveBarchasi