Toshkentda Rossiya fuqarosi 52 000 000 so‘mga chuv tushirildi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahrida uy sotib olishni niyat qilgan Rossiya fuqarosini katta mablag‘ga chuv tushirib ketishdi. Bu haqda Ichki ishlar xuzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 25 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi fuqarosi 77 yoshli F.Rufina Yakkasaroy tumani bo‘yicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilgan.

Uning ushbu murojaatiga ko‘ra, o‘tgan yilning iyun oyida tanishi 40 yoshli S.Alisher unga Toshkent shahar hokimiyati orqali uy sotib olishida yordam berishini va’da qilgan. Buning uchun undan 52 000 000 so‘m berishni so‘ragan. Shundan so‘ng, Yakkasaroy tumani Sh.Rustaveli ko‘chasi 62 uy oldida 52 000 000 so‘m miqdoridagi pullarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan va bergan va’dasini bajarmay “juftakni rostlagan”.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan S.Alisherga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sardor To‘lanboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

234

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing