Toshkentda reyd doirasida 103 kishi hibsga olindi
3-sahifa
−
12 dekabr 2023
9181Toshkent shahrida "Dolzarb 40 kunlik" tadbiri doirasida 103 nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda bugun, 12 dekabr kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev ma’lum qildi.
Uning aytishicha, tezkor tadbirlar davomida 103 nafar shaxs qo‘lga olingan, 52 kishiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan, 48 kishi tergov qilinmoqda.
Shaharda olib borilgan reyd tadbirlari doirasida jami 38 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-, 168-, 273-, 276-, 277- moddalari asosida ish ochilgan.