Toshkentda rasmlarini tarqatish bilan qizga tahdid qilgan “shantajchi” ushlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahrida 23 yoshli yigit tanishi bo‘lgan 19 yoshli qizning shaxsiy fotosuratlarini tarqatish bilan tahdid qilib, evaziga pul undirayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, chinozlik 23 yoshli yigit tanishi 19 yoshli qizni shaxsiy fotosuratlarini tarqatish bilan qo‘rqitib, undan 1000 AQSH dollari talab qilgan. Holat yuzasidan IIB bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, yigit qizdan talab qilgan pulning 1 million so‘mini olayotgan vaqtda daliliy ashyo bilan ushlangan.

“Hozirda qo‘lga olingan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made