Toshkentda radar o‘rnatish uchun 16 ta joy auksionga qo‘yildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkentda 16 ta radar va videokamera o‘rnatish joylari onlayn auksionga chiqarildi. Auksionda eng arzon boshlang‘ich narx 4 million 50 ming bo‘lsa, eng qimmati 81 million so‘mga baholanmoqda.

Eng qimmat ob’ekt Gavhar ko‘chasi "Olmazor" metro bekati yonida va Bunyodkor ko‘chasi “Toshkent” avtovokzali oldida joylashgan. Bu yerda 10 ta videokamera o‘rnatish mumkin. Ushbu ob’ektning boshlang‘ich narxi auksionda 81 million so‘mga baholanmoqda.

Shuningdek, kimoshdi savdosiga Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti yaqinidagi chorraha ham qo‘yilgan. Bu yerda 8 ta videokamera o‘rnatish mumkin. Ob’ektning boshlang‘ich narxi 32 mln 4 ming so‘m.

Turkiston ko‘chasi, Toshkent shimoliy temir yo‘l vokzali oldida 5 ta kamera o‘rnatish mumkin. Ushbu joyning boshlang‘ich narxi 20 mln 25 ming so‘m deb belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

97

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing