Toshkentda pul uchun narkograffiti chizish bilan shug‘ullangan yoshlar qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkent shahrining Yangihayot va Mirobod tumanlarida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan narkograffiti chizish bilan shug‘ullangan yoshlar qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Surishtiruv ishlari davomida D.T. internetdan kelib tushgan takliflarga ko‘ra pul evaziga narkograffiti bilan shug‘ullanganini tan olgan. Shuningdek, Yangihayot tumanida yana bir narkograffiti chizish bilan shug‘ullanib kelgan shaxs tuman Ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlangan. Surishtiruv jarayonida ma’lum bo‘lishicha, 25 yoshli T.A. pul evaziga devorlarga narkograffiti chizgan. Yigitdan xolislar ishtirokida trafaret va bo‘yoq idishi olib qo‘yilgan.

Giyohvandlik vositalarini sotuvchi do‘konlarni targ‘ib qiluvchi narkograffitilarni chizish bilan bog‘liq yana bir holat Mirobod tumanida aniqlangan. 22 yoshli V.N. narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘yeonlarni reklama qilayotgani ma’lum bo‘lgan. Uning yonidan 325 dona narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘konlar reklamasining flayerlari va bir dona bo‘yoq purkagich ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Natijalariga ko‘ra, qonuniy qarorlar qabul qilinishi aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Mirobod Yangihayot nareograffiti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing