Toshkentda poyezd 17 yoshli bolani urib yubordi
3-sahifa
−
24 dekabr 2022 9328 1 daqiqa
Joriy yilning 20 dekabr kuni soat 17:37 da Toshkent-Salar temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 3365 km 5-6 to‘siqlari orasida mashinist boshqaruvida bo‘lgan yo‘lovchi poyezdi bir piyodani urib yuborgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, piyoda 2005 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan shaxs bo‘lib, u temir yo‘lning belgilanmagan qismidan qulog‘iga quloqchin taqib, qo‘l telefonida musiqa tinglab o‘tib ketayotgan bo‘lgan.
Poyezd urib yuborishi oqibatida voyaga yetmagan shaxs olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.
Sohiba Komilovna
Live
Barchasi