Toshkentda pora olgan podpolkovnik qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
16 iyul 15972 1 daqiqa
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Mirobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvoffiqlashtirish boshqarmasining bo‘linma boshlig‘i U.S. pora olgani aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, podpolkovnik harbiy unvonida bo‘lgan U.S. Yakkasaroy tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan fuqaroga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasini garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berishni va’da qilib, muqaddam ayblanuvchining qarindoshidan 18 ming AQSH dollari olgan.
Ammo u bergan va’dasining uddasidan chiqa olmagach, ushbu mablag‘ning bir qismini qaytarayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Andijon viloyatida hokim o‘rinbosari, Statistika bo‘limi boshlig‘i hamda Toshkent viloyatida Pensiya bo‘limi rahbari pora olayotganida ushlangandi.
Live
Barchasi