Toshkentda plastik kartalar ishlab chiqariladigan zavod quriladi
Jamiyat
−
24 may 2019
3523“Yagona umumrespublika protsessing markazi” MCHJ QK va Germaniyaning “Veridos GmbH” kompaniyasi hamkorlikda mikroprotsessor, контактсиз va boshqa turdagi plastik kartalarni ishlab chiqarish to‘g‘risida kelishuvga erishdi.
Shu tariqa yaqin bir-ikki yilda Toshkent shahrida plastik kartalar ishlab chiqaradigan zavod barpo etiladi. O‘zbekistonda yagona bo‘ladigan bu zavodning boshlang‘ich ustav fondi 2 million yevro miqdorida belgilandi.
Bu jarayonda “Veridos GmbH” kompaniyasining shaxsiy mablag‘lari va kredit liniyasi orqali xarid qilinadigan dunyodagi yetakchi ishlab chiqaruvchilarning yuqori aniqlikdagi uskunalaridan фойдаланилади. Dastlab yiliga 75 million dona plastik карточкаларини chiqarish imkoni bo‘ladi. Zavod 2022 yilda to‘liq loyiha quvvatiga o‘tadi va kamida 100 mutaxassis ishli bo‘ladi. Mahsulotning 20 foizgacha bo‘lgan qismini eksport qilish mumkin.
Bu tashabbus davlat tomonidan ham qo‘llab-quvatlanmoqda. Ya’ni, zavod 2021 yil 1 iyulgacha ishlab chiqarish uchun zarur uskunalar, xomashyo, butlovchi materiallar, ehtiyot qismlar, grafik va elektron personallashtirish, dasturiy ta’minot moslamalari, litsenziyalarni olib kirishda barcha turdagi soliqlar, majburiy va bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi. Yagona ijtimoiy to‘lov va bojxona rasmiylashtirilishi uchun yig‘imlar bundan mustasno.
LiveBarchasi