Toshkentda onlayn nazorat-kassa mashinalari tajriba loyihasi amalga oshiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida onlayn nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda. 

Qarorga muvofiq, Toshkent shahrida onlayn nazorat-kassa mashinalari (NKM) tajriba loyihasi ishga tushiriladi.

Mazkur loyiha doirasida mahsulotlarni sotilgan vaqti va joyini ko‘rsatgan holda ma’lumotlarni soliq organlariga onlayn uzatishni ta’minlovchi nazorat-kassa mashinalari orqali tushumlarni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini qo‘llash rejalashtirilmoqda.

Mazkur tarjribada savdo va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar fiskal modulni (ulangan qurilmaning hisoblash quvvatini ishlatmagan holda fiskal ma’lumotlarni kriptografik himoyasini ta’minlovchi qurilma) ro‘yxatdan o‘tkazganidan so‘ng ixtiyoriy ishtirok etishi mumkin.

Fiskal modul zarur dasturiy ta’minot va texnik resurslar bilan beg‘araz beriladi hamda tadbirkorlarning shaxsiy ma’lumotlari himoyalanadi.

Fiskal modulni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tadbirkorlar davlat soliq organlariga shaxsiy kabinetlari orqali murojaat etadi.

Soliq organlari bir ish kunida fiskal modulni ro‘yxatdan o‘tganligi haqida xabarnomani yuboradi.

Tadbirkor besh ish kunida fiskal modulni bepul olib ketadi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Onlayn kassa mashinalari

Baholaganlar

11

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar