Toshkentda ona va bola vafot etgani tasdiqlandi. O‘lim sababi aniqlanmoqda
3-sahifa
−
08 aprel 2023
21594Kecha, 7 aprel kuni soat 21:15 da Mirobod tumanida joylashgan uyning birida 25 yoshli ayol va uning 8 oylik o‘g‘li vafot etganligi aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Marhumlarning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida kecha, 7 aprel kuni ona va bola is gazidan zaharlanib, vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi.
LiveBarchasi