Toshkentda oila istirohat bog‘idan uchib chiqqan oqqushni ushlab, so‘yib yedi

Jamiyat

image

Toshkentda oila istirohat bog‘idan uchib chiqqan oqqushni ushlab, yeb qo‘ydi. Jonivorni 13 yashar bola so‘ygan. Bu haqda “Mehr va Oqibat” jonivorlarni himoya qilish jamiyati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Central Park bog‘idagi oqqush to‘siqdan oshib, katta yo‘lga chiqib ketgan. Uni fuqaro N. ushlab olib ketgan. Fuqaro mashina raqamlari orqali topilgan. Ammo o‘rganish yakunida oila qushni yeb yuborgani, uni fuqaroning 13 yoshli o‘g‘li so‘ygani ma’lum bo‘lgan.

6 avgust kuni jonivorlarni himoya qilish jamiyati, park xodimi va Mirzo Ulug‘bek tumani profilaktika inspektori fuqaro N va uning 13 yoshli o‘g‘li bilan uchrashgan.

O‘smirning otasi ular oqqushni g‘oz deb o‘ylaganini, ovqat berishganiga yemaganini aytgan. Shuningdek, u Qashqadaryoda o‘g‘illari ovqat uchun parrandalarni o‘zi so‘yishini qo‘shimcha qilgan.

Fuqaro N.ga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga asosan BHMning 2 baravari miqdorida jarima solingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

938

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing