Toshkentda odamlarni kaltaklab, “prank” uyushtirgan Insta-blogerlar qamaldi (video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta Insta-blogerlar ko‘chada odamlarni kaltaklab yoki masxara qilib, “prank” uyushtirgani aks etgan videolar tarqaldi.

Insta-blogerlarning hurmacha qilig‘ini Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi e’tiborsiz qoldirmadi.

IIBBning ma’lum qilishicha, kecha, 28 sentyabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi markaziy istirohat bog‘ida sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tgan va unda “prank” qilgan ikki bloger sud qilingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudining qarori bilan blogerlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga rioya qilmaslik) bo‘yicha ularga 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1405

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing