Toshkentda odam o‘limi bilan bog‘liq navbatdagi YTH

3-sahifa

image

Toshkentda 22 yashar haydovchi 41 yashar piyodaning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, bugun, 30 avgust kuni taxminan soat 01:40 larda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. 

2000 yilda tug‘ilgan D.Ya. Nexia-3 rusumli davlat raqami 01 N 398 JB bo‘lgan avtoulovni boshkarib ketayotib, tartibga solingan piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan piyoda 1981 yilda tug‘ilgan A.P.ni urib yuborgan. Oqibatda piyoda hodisa joyida vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

220

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing