Toshkentda noqonuniy tamaki mahsulotlarini yo‘q qilish aksiyasi o‘tkazildi

Biznes

image

Bojxona xizmati vakillari va huquqni muhofaza qilish xodimlari maxsus pechda 25 000 blok noqonuniy sigaretni yoqib yubordilar. Yo‘q qilingan mahsulotning umumiy qiymati 175 mln so‘mni tashkil qildi.

Bojxona xizmati vakillari xabar berishicha, joriy yilning birinchi 9 oyi davomida O‘zbekiston bojxona xizmati 269 ta qonunbuzarlik holatlarini qayd etgan va umumiy qiymati 17,8 mlrd so‘mlik 1 million 458 ming 736 blok sigaretni musodara qilgan. Huquqni muhofaza qilish organlari esa, aybdor shaxslarga nisbatan 60 ta jinoiy va 175 ta ma’muriy ish ochgan.

Otabek Choriyev, O‘zbekiston Davlat bojxona xizmati raisining o‘rinbosari:

— Nega men noqonuniy sigaretlarni giyohvand moddalarga tenglashtiraman – chunki ularni olib kirishda kontrabandachilar xayolingizga ham kelmagan joylarga yashiradilar.

Masalan, benzobakning katta qismini kontrabanda mahsuloti bilan to‘ldiradilar, katta o‘lchamli kiyim kiyib, badanlarira taqiqlangan tovarni mahkamlab chiqadilar.

Mahsulotni oshkora yo‘q qilish va aybdorlarni jiddiy jazoga tortish – noqonuniy savdoga aralashgan tadbirkorlar o‘z ozodliklari va pullarini qurbon qilishlarining ajoyib namoyishidir. Ammo, natija sezilarli bo‘lishi uchun, bunday tadbirlarni muntazam o‘tkazish zarur!

Qizig‘i shundaki, tadqiqotlarga ko‘ra, kontrabanda sigaretlari chekuvchilarning 64 foizi mahsulot sifati va darajasini qurbon qiladilar, chunki qonuniy sotuvdagi sigaret ololmaydilar.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining matbuot xizmati


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

39

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing