Toshkentda Nexia yuk mashinasining tagiga kirib ketdi
3-sahifa
−
22 yanvar 2025 10263 1 daqiqa
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Nexia-2 va MAN yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 22 yanvar kuni soat taxminan 20:00 larda Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan D 012 “Bektemir – Chirchiq – G‘azalkent – Chorbog‘ qo‘rg‘oni” avtomobil yo‘lining 66-kilometrida haydovchi, 1976 yilda tug‘ilgan M.S Nexia-2 rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida qayrilib olish joyidan burilayotgan haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan A.D boshqaruvidagi MAN rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Bildirilishicha, ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Hozirda holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 2 ta Malibu-2 ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025