Toshkentda Nexia beton to‘siqqa urilib, bo‘linib ketdi (video)
3-sahifa
−
06 mart
12240Toshkent shahar Mirobod tumanida Nexia-2 yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilib, old qismidan bo‘linib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 6 mart kuni soat 17:26 larda Mirobod tumani Oybek-Shahrisabz ko‘chalari kesishgan chorrahada 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi A.A. Nexia-2 rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi beton to‘siqqa to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Bildirilishicha, YTH oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 4 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan edi. Hodisa oqibatida Malibu-2 haydovchisi va yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
LiveBarchasi
Trenddagilar

