Toshkentda navbatdagi “samosud”: uch ayol bir bo‘lib 29 yashar ayolni do‘pposladi

Jamiyat

image

Toshkentda ikki nafar farg‘onalik va bir nafar surxondaryolik ayollar farg‘onalik 29 yashar ayolni samosud qilayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ushbu videoda uch nafar ayol jabrlanuvchi G.E.ni tahqirlab, uni do‘pposlayotgani aks etgan. 

Mazkur video Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqilgan va hodisa 7 avgust kuni Sergeli tumanida sodir bo‘lgani aniqlangan.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan ayollarning shaxsi aniqlangan. Ular: 

•    41 yoshli farg‘onalik Mukarram M. – muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismi (“Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash”) bo‘yicha sudlangan;

•    35 yoshli surxandaryolik Shahnoza P. – muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismi va 169-moddasi 1-qismi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha sudlangan;

•    23 yoshli farg‘onalik Shahodatxon K. 

Jabrlanuvchi – 29 yoshli farg‘onalik Go‘zalxon E. bo‘lgan.

Uch nafar ayollar oldindan til biriktirib, Go‘zalxonni Mukarramning o‘g‘lini sehrlab rom qilganlikda ayblab, uni xo‘rlashgan. Mukarram hodisani telefon orqali videoga tushirib, jabrlanuvchini sharmanda qilish uchun tarmoqqa joylagan.

Mazkur fakt asosida Sergeli tumani prokuraturasi tomonidan 8 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi 1-qismi (“Qiynash”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Samosud

Baholaganlar

2822

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar