Toshkentda ochiladigan navbatdagi koreys universiteti qayerda joylashishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Qarorga muvofiq, Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil etishda Adju universitetiga (Koreya Respublikasi) dastlabki maslahat ishlarini bajarish uchun to‘lovni amalga oshirish maqsadida 2,1 mln AQSH dollariga teng miqdorda mablag‘ ajratildi.

Shuningdek, Yashnobod temir yo‘l kasb-hunar kolleji hamda Yashnobod kasb-hunar kollejining bino va inshootlari tegishli hududlari bilan birgalikda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga berildi, keyinchalik ushbu joyda Toshkent shahridagi Adju universiteti joylashtiriladi. 

Mazkur kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari o‘qishni bitirgunlariga qadar shu yerda o‘quv jarayonini davom ettiradilar.


Maqola muallifi

Teglar

Adju universiteti

Baholaganlar

52

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar