Toshkentda Mo‘g‘uliston elchixonasi ochildi
Jamiyat
−
24 iyun
4048Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Mo‘g‘ulistonning Toshkent shahridagi elchixonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh vaziri matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov ma’lum qildi.
Mo‘g‘uliston diplomatik vakolatxonasi binosini Prezident Xurelsux, O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar ochib berdi. Elchixonada diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning muzokaralari yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tgan, davlat tashrifi davomida jami 14 ta hujjat imzolangandi.
LiveBarchasi