Toshkentda “moykachilar” mijozning avtomobilini olib qochdi (video)
3-sahifa
−
10 yanvar 5913 1 daqiqa
Toshkent shahar Sergeli tumanida avtomobil yuvish shoxobchasi ishchilari mijozning Tracker avtomobilini olib qochdi. Ular shahar bo‘ylab aylanib yurgan vaqtida yo‘l-patrul xizmati xodimlarining ta’qibiga uchragan va qochishga uringan vaqtida simyog‘ochga urilib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, noma’lum shaxslar avtomashinada dastlab Chilonzor tumanida katta tezlikda harakatlangani bois YPX xodimlaridan qochishni boshlagan, shundan so‘ng Yakkasaroy tumanida yo‘l-transport hodisasini sodir etgan va voqea joyidan qochib ketgan.
Aniqlanishicha, fuqarolardan birining haydovchilik guvohnomasi ham bo‘lmagan. Xodimlar hodisadan so‘ng Samarqandga, o‘zlari yashaydigan hududga qochib qolgan, biroq ularning shaxsiga aniqlik kiritilib, qo‘lga olingan va Sergeli tumani tergov bo‘limiga topshirilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan har ikkala shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “b” bandi (uyushgan guruh tomonidan transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki sevishgan halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi