Toshkentda MCHJ mansabdorlari fuqarolarning 2 mlrddan ortiq pulini “tuya qildi”

3-sahifa

image

Toshkentda MCHJ mansabdorlari odamlardan 2 milliard so‘mdan ortiq pulni yig‘ib, o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 1991 yilda tug‘ilgan E.E. va 1988 yilda tug‘ilgan Z.G. joriy yilning 10 yanvar kuni "RAYONA QUTLUG’" nomli MCHJni tashkil qilib, 1 avgust kuniga qadar faoliyat olib borgan. 

Shu davrda fuqarolarga avtomobil hamda uy-joylarni boshlang‘ich to‘lovni 10 foizdan 50 foizgacha miqdorda to‘lab, qolgan pullarni 40 ish kunidan 3 yilgacha bo‘lgan muddatda bo‘lib to‘lash imkonini beruvchi shartlar asosida olib berishi mumkinligini bildirishgan. Mijozlarni ishontirish maqsadida ular bilan shartnoma tuzishgan. 

Biroq MCHJ mansabdor shaxslari fuqarolar tomonidan boshlang‘ich to‘lov sifatida to‘langan pullarni, ya’ni dastlabki olingan ma’lumotga ko‘ra 2 mlrd so‘mdan ortiq miqdordagi pullarni noqonuniy ravishda o‘zlashtirishgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (“O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar! Agar siz “RAYONA QUTLUG’” MCHJ faoliyatidan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz Mirobod tumani IIO FMBga yoki 102 raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

341

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing