Toshkentda Matiz yonib ketdi
Jamiyat
−
30 Oktabr 2022 8459 1 daqiqa
Bugun, 30 oktyabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanining Laylatug‘on ko‘chasida Matiz rusumli avtomobil yonib ketdi. Ushbu holat yuzasidan soat 15:27 da Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Shundan so‘ng, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 15:32 da yetib borgan va yong‘in soat 15:38 da o‘chirilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in oqibatida avtomobil to‘liq yonib zararlangan.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Ta’kidlanishicha, yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va xalok bo‘lish xolatlari qayd etilmagan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr