Toshkentda Matiz yonib ketdi
3-sahifa
−
13 yanvar 2024 3457 1 daqiqa
Toshkent shahar Yunusobod tumanida Matiz rusumli avtomobil butunlay yonib ketdi. Bu haqda IIBB Yo‘l xarakati xafsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Kecha, 12 yanvar kuni Yunusobod tumani THAY - Yangi Yunusobod ko‘chalari chorrahasida soat 18:00 larda 1969 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Matiz'da qisqa tutashuv sodir bo‘lgan va buning oqibatida yong‘in kelib chiqqan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, buning oqibatida hech kim tan jarohati olmagan hamda yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, ko‘ngilsiz hodisaning yuzaga kelishi sabablari o‘rganilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda “VAZ-2107” yonib ketgandi.
Javohir Yo‘ldashov
Live
Barchasi