Toshkentda Matiz ko‘prikdan tushib ketdi
3-sahifa
−
05 iyul 2021 10646 1 daqiqa
Toshkent shahar Yashnobod tumanida Matiz avtomobili ko‘prikdan tushib ketdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 4 iyul kuni soat 18:00 larda Toshkent shahar Yashnobod tumani Ohangaron shox ko‘chasida 1988 yilda tug‘ilgan haydovchi U.N. Matiz rusumli avtomashinada harakatlanayotgan vaqt boshqaruvni yo‘qotgan. Uning boshqaruvidagi Matiz ko‘prik chetidagi to‘siqqa urilib, pastdagi qatnov qismiga tushib ketgan.
Oqibatda haydovchi U.N. tan jarohati olgan va unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr