Toshkentda Matiz bilan to‘qnashgan Damas ag‘darilib ketdi
3-sahifa
−
10 iyul 2021 8252 1 daqiqa
Toshkent shahrida Matiz va Damas avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 10 iyul kuni soat 13:46 larda Toshkent shahar Yashnobod tumani Katta Yangiobod – Chilon-ota ko‘chalari chorrahasida 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi I.T. boshqaruvidagi Matiz rusumli hamda 1996 yilda to‘g‘ilgan X.B. boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Oqibatda ikki haydovchi ham tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr