Toshkentda mast fuqaro sabab poyezd favqulodda to‘xtatildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 9 may kuni Toshkentda poyezd yo‘lida uxlab yotgan mast fuqaroning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda IIV Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti ma’lum qildi.

Qayd etilishicha “Toshkent–Xo‘jakent” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan elektropoyezd “Salar–Nurhayot” temir yo‘l bekatlari oralig‘ida no’malum fuqaro temir yo‘l ustida yotganligi sababli favqulodda to‘xtagan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari AJ”ga qarashli “O‘zbekiston” lokomotiv deposi va IIV Transportda XTBB xodimlari o‘z xizmat vazifalarini tezlik bilan bajarib ushbu fuqaroning hayotini saqlab qolgan.

Aniqlanishicha, ushbu fuqaro Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi S.M. ekani, spirtli ichimlikni me’yoridan ortiq iste’mol qilishi natijasida mast holatda temir yo‘l izida uxlab qolgani aniqlangan.

Fuqaro ma’muriy sud qaroriga asosan Toshkent shahar IIBBga qarashli reabilitatsiya markaziga joylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

267

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing