Toshkentda mashhurlar muzeyi ish boshladi
Madaniyat-san’at
−
17 Oktabr 2019
10193Toshkent shahrining yangi bog‘ida, “TashkentCity” hududida dunyoga mashhur shaxslarning mum haykallaridan tashkil topgan “Yulduzlar muzeyi” muzeyi ish boshladi. Mazkur muzey nafaqat mahalliy aholi, balki ichki va tashqi turistlarning ham sevimli joylaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar berdi.
“Yulduzlar muzeyi”dagi har bir eksponat, uning atrofidagi muhit eng kichik detallarigacha o‘ylab ishlangan - jonli qo‘g‘irchoqlar, zamonaviy tarixda o‘chmas iz qoldirgan ulkan shaxslar haykallarining to‘plami va hokazolar. Muzeyda tez orada O‘zbekistonning taniqli shaxslari haykallari ham namoyon bo‘ladi va bu barchada katta qiziqish uyg‘otishi shubhasiz.
LiveBarchasi