Toshkentda markaziy archani bezatish ishlari boshlandi

Jamiyat

image

Yangi 2020 yilni qarshilashimizga oz fursat qoldi. Poytaxt Toshkentda esa allaqachon bayramning bosh archasini qurish, maydonni bayramona tarzda bezatish ishlariga start berildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda. 

Bugun, 27 noyabr kuni Toshkentdagi Yangi yilning bosh archasini bezatish ishlari boshlangan. U o‘tgan yildagidek, Mustaqillik shoh ko‘chasida Xalqaro simpoziumlar saroyi va Hyatt Regency  mehmonxonasining orqa tarafiga joylashtirilgan. 

Xotirlasangiz, o‘tgan yili bayram tantanalari Toshkentda an’anadagidan ancha avval boshlanib, eng kech tugagan. Bu vaqtda esa markaziy archa maydoni tunu kun odamlar bilan gavjum bo‘lgan. Maydon o‘tgan yili 10 dekabr kuni ochilgan edi. 

O‘tgan yili Toshkentda o‘rnatilgan markaziy bayram archasi Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlari poytaxtlarida o‘rnatilgan yangi yil archalari orasida balandligi bo‘yicha beshinchi o‘rinni egalladi.
 
“TurStat” agentligi MDHdagi archalarning balandligi bo‘yicha reytingini tuzib chiqdi.
 
Moskvada Kreml maydonida o‘rnatilgan yangi yil archasi MDHga a’zo davlatlar poytaxlarida o‘rnatilgan tabiiy archalar reytingini boshqardi.
 
MDH hududida o‘rnatilgan eng baland archalar o‘nligiga quyidagilar kiritilgandi: Ashxobod (38 metr), Baku (37 metr), Yerevan (37 metr), Toshkent (35 metr), Minsk (30 metr), Dushanbe (28 metr), Moskva (27 metr), Ostona (25 metr), Bishkek (25 metr), Tbilisi (25 metr).


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy archa

Baholaganlar

184

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar