Toshkentda mamlakatning bosh archasini bezatish ishlari boshlandi

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkentda mamlakatning bosh archasini bezatish va maydonni bayram tantanalariga tayyorlash ishlari boshlandi. 

Uch yillik an’anaga ko‘ra, joriy yilda ham bosh archa Mustaqillik shoh ko‘chasida Xalqaro simpoziumlar saroyi va Hyatt Regency  mehmonxonasining orqa tarafiga o‘rnatilmoqda. 

Joriy yilda ham archaning balandligi o‘tgan yildagidek saqlanib qolmoqda – 36 metr. Va u 2019 yilda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlari poytaxtlarida o‘rnatilgan yangi yil archalari orasida balandligi bo‘yicha beshinchi o‘rinni egallagan edi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, archani to‘liq bezatish ishlari 20 dekabrga qadar yakunlanadi. Shuningdek, tez kunda Xitoydan yangi installyatsiyalarning olib kelinishi kutilmoqda.

Katta archadan tashqari, har doimgidek, bosh archaning chor atrofiga suratga tushish uchun kichik archalar ham o‘rnatilmoqda.

Yangi yil bosh archasi atrofidagi bayram tantanalari bu yil qanday o‘tkazilishi haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Yangi yil archasi

Baholaganlar

341

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar