Toshkentda maktab psixologi o‘quvchi qizlarga tegajog‘lik qildi
3-sahifa
−
19 aprel 2022
22036Toshkentda 3 va 5-sinf o‘quvchi qizlarining ota-onalari 59 yoshli maktab psixologi A.E. ularning qizlariga nisbatan nomaqbul xatti-harakatlar sodir etgani haqida “Nemolchi” loyihasiga murojaat qilishgan.
Murojaatga ko‘ra, Mirobod tumani 158-maktab o‘quvchilari ota-onalariga psixolog ularni tez-tez darsdan olib qolishini, o‘z xonasida intim xarakterdagi suratlarni ko‘rsatishini aytishgan.
Huquqiy yordam so‘rab kamida 5 nafar o‘quvchining ota-onasi huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Maktab rahbariyati oshkoralikka yo‘l qo‘ymaslik uchun pedagogni o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shatgan. Ota-onalarning so‘zlariga ko‘ra, A.E. ruhiy kasalliklar shifoxonasiga ko‘rikdan o‘tkazish uchun joylashtirilgan.
Jarohatlangan bolalar sud-tibbiy ekspertizadan o‘tkazilgan.
Loyiha vakillari ushbu masala bo‘yicha Ichki ishlar, Adliya vazirliklari va boshqa organlarga murojaat qilgan.
Shundan so‘ng, ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi munosabat bildirgan.
Unga ko‘ra, vaziyat Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi Ishchi guruhi tomonidan o‘rganilgan.
Hozirda huquq-tartibot idoralari tomonidan mazkur maktab psixologi A.E. ga nisbatan jinoyat surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Tergov ishlari yakuniga yetgach, holat yuzasidan batafsil ma’lumot beriladi.
LiveBarchasi