Toshkentda madaniyat saroyi yongani rad etildi. Aslida nima bo‘lgandi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida madaniyat saroyi yonayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Kecha, 26 noyabr kuni soat 21:22 da Yashnobod tumani Qorasuv ko‘chasida joylashgan madaniyat saroyining balkon qismida ishchi xodimlar shashlik pishirish maqsadida o‘tin va ko‘mir yoqqan.

Qayd etilishicha, tuman FVB tomonidan ushbu vaziyat zudlik bilan bartaraf etilgan. 

FVBga ko‘ra holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

144

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing