Toshkentda Li 9 dahshatli YTH sodir etdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 30 sentyabrga o‘tar kechasi Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida Lixiang L9 BYD bilan to‘qnashib ketib, dahshatli yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 01:00 da Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik shoh ko‘chasi 42A uy qarshisida BYD va Lixiang L9 rusumli avtomashinalar o‘zaro to‘qnashib ketgan. Oqibatda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Ushbu hodisa tufayli Lixiang L9 haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yashnobod tumanida avtobus ZIL yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgani haqida xabar berilgan edi. YTH oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent BYD Lixiang L9

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing