Toshkentda Lacetti yuqori tezlikda daraxtga borib urildi. Jabrlanganlar bor (video)
Jamiyat
−
12 mart
6523Bugun, 12 mart kuni Toshkent shahrida Lacetti rusumli mashina daraxtga borib urildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 10:45 larda Chilonzor tumani 2-Qatortol ko‘chasida Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, daraxtga urilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida transport vositasi texnik shikastlangan. Haydovchi va yo‘lovchilarga birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 4 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida Malibu-2 haydovchisi va yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
LiveBarchasi
Trenddagilar
