Toshkentda qarama-qarshi yo‘nalishda tomosha ko‘rsatgan “shumaxer”ga chora ko‘rildi
Jamiyat
−
29 avgust 2022
15323Ijtimoiy tarmoqlarda Lacetti rusumli transport vositasi yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib harakatlangani aks etgan video tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati mazkur holatga munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 24 avgust kuni taxminan soat 22:20 larda 1986 yilda tug‘ilgan J.M. Lacetti rusumli transport vositasini tegishli hujjatlarsiz, haydovchilik guvoxnomasiga ega bo‘lmagan holda boshqarib, Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasida yo‘lning qarama-qarshi tomonida harakatlangan.
Huquqbuzarlik sodir etgan J.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasi 2-qismi, 135-modda, 194-modda bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.
To‘plangan hujjatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudiga taqdim etildi.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023