Toshkentda Lacetti bilan to‘qnashgan Nexia-3 ag‘darilib ketdi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida Lacetti va Nexia-3 avtomobillari o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Bugun, 20 fevral kuni taxminan soat 11:05 larda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida 33 yoshli B.X. boshqaruvidagi Lacetti rusumli transport vositasi, qayrilib olish jarayonida 42 yoshli U.N. boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

YTH oqibatida Nexia-3 rusumli avtomobil ag‘darilib, yo‘lning qarama-qarshi tarafiga o‘tib ketgan. Haydovchi tan jarohatlari olgan, unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasdan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

112

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing