Toshkentda Lacetti haydovchisi 6 piyodani bosib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 4 dekabr kuni Toshkentda Lacetti haydovchisi yo‘l chetida turgan 6 kishini bosib ketdi. Oqibatda 2 kishi vafot etdi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 06:15 da Uchtepa tumanida fuqaro R.I. Lacetti mashinasini boshqarib ketayotib, A.A. boshqaruvidagi Nexia-3 mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Oqibatda Lacetti haydovchisi olti nafar piyodani bosib ketgan. So‘ng yo‘l chetida harakatsiz turgan M.V. boshqaruvidagi Matiz mashinasiga borib urilgan.

YTH oqibatida Lacetti haydovchisi hamda to‘rt nafar piyoda turli darajadagi tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.

Shuningdek, ikki nafar piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l transport hodisasiga Lacetti haydovchisining tezlikni me’yoridan oshirib, rul boshqaruvini yo‘qotgani sabab bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zgatilgan. 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

482

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing