Toshkentda ko‘rgazmaga qo‘yilgan harbiy texnika yonib ketdi
Jamiyat
−
14 yanvar 2022
9815Avvalroq, joriy yilning 13 yanvaridan 14 yanvarga o‘tar kechasi poytaxt Toshkentdagi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi qarshisidagi maydonga 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan namoyishga qo‘yilgan harbiy texnika (avtomobil)lardan biri yonib ketgani haqida xabar bergan edik. Ijtimoiy tarmoqlarda harbiy texnikaning yonayotgani aks etgan video ham paydo bo‘ldi. Ushbu holatga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi munosabat bildirdi.
“Joriy yilning 13 yanvar kuni soat 22:20 larda “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi maydoniga 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy texnikalar ko‘rgazmasiga olib chiqilgan Milliy gvardiyaning yengil zirhli texnikasining salon qismida qisqa tutashuv natijasida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in qisqa vaqtda to‘liq bartaraf etilgan. Sodir bo‘lgan hodisa natijasida fuqarolarga jabr yetkazilmagan.
Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi o‘rganilmoqda”, deyiladi MG bayonotida.
LiveBarchasi