Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dori sotayotganlar ushlandi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Chilonzor tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotgan dorixona faoliyati fosh etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Chilonzor tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “S.L.” MCHJga qarashli dorixona rahbari va sotuvchisi kuchli ta’sir qiluvchi 30 dona “Zardex” dori vositasini 600 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbirda dorixonada muomalaga kiritish uchun saqlab kelinayotgan yana 870 dona “Zardex”, 120 dona “Gabagamma” hamda 111 dona “Tebantin” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing