Toshkentda kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat
−
06 fevral 2020
5129Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi. Poytaxtning Chilonzor tumanida fuqaro M.N. boshqaruvidagi Gentra rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.
Natijada, avtomashinada sifati kafolatlanmagan 300 dona “Tropikamid 10ml/mg” dori vositalari borligi aniqlangan. Bundan tashqari, Yakkasaroy tumanida to‘xtab turgan fuqaro S.A. boshqaruvidagi Gentra rusumli avtomashina ham tegishli tartibda ko‘zdan kechirilganida, avtoulovda 10 509 xil dori vositalari yashirilganligi ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek, yuqoridagi sifati kafolatlanmagan dori vositalarining savdosida faol ishtirok etgan fuqaro M.N. 10,5 million so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
“O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida umumiy qiymati 102 million so‘mlik 600 dona “Tropikamid 10ml/mg” va 10 509 dona 40 nomdagi dori vositalari ashyoviy dallilar bilan qo‘lga olindi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi