Toshkentda koronavirusdan o‘lganlar 112 nafarga yetdi

Jamiyat

image

Bugun, 6 avgust kuni mamlakatda 742 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, shundan 704 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 38 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Sirdaryo, Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent, Andijon, Farg‘ona hamda Navoiy viloyatlarida jami 804 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 28 535 nafar bemordan 19 587 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 68 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 771 nafar bemordan 728 nafari og‘ir, 217 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

246

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing