Toshkentda koronavirusdan davolanayotgan 13 nafar homilador ayol farzandli bo‘ldi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida koronavirusdan davolanayotgan 13 nafar homilador ayol farzandli bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, poytaxtdagi 3-sonli tug‘ruq majmuasida homilador, tug‘ruqdagi va tuqqan ayollarda koronavirus infeksiyasini tashhislash va ularni davolashda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida yagona tizim hamda uslubiy yondashuv joriy etilgan.

So‘nggi 10 kun davomida majmuada davolanayotgan 13 nafar koronavirusga chalingan ayol farzandli bo‘lgan. Ona va bolalarning ahvoli shifokorlar tomonidan doimiy nazorat ostida ekani ma’lum qilindi.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining yaqinda paydo bo‘lgan yangi “delta” shtammi keng tarqalayotgani, bemor homilador ayollar va bolalar soni ortib ketgani ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

88

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing